Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin AQShlik bokschi Roy Jonsga Rossiya fuqaroligini berishni va'da qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sevastopolda mashhur AQShlik bokschi Roy Jons bilan suhbati chog‘ida unga Rossiya fuqaroligini berishga va'da qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
“Men siz bilan tanishganimdan xursandman, bilingki, men sportni va albatta yakkakurash, boksni yaxshi ko‘raman”, deb aytdi Putin.
O‘z navbatida Jons yoshligida dzyudo bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganini aytib o‘tdi.
“Biroq siz boksda o‘zingizni namoyon qila oldingiz. Shunday bo‘ldiki, menimcha boshqa hech kimda bunday bo‘lmagan. Siz o‘rta, ikkinchi o‘rta, yarim og‘ir va og‘ir vaznlarda jahon chempioni bo‘lgansiz. Menimcha, dunyoda bunday boshqa atlet bo‘lmasa kerak”, deb javob berdi Putin.
Putin, shuningdek, Jonsga 14 yoshida boks bilan shug‘ullanishni boshlaganini ma'lum qildi. Putin bokschi Rossiyada tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlarga erisha olishiga umid bildirdi.
“Men shuning uchun ham keldim. Agar menda Rossiya pasporti bo‘lsa, men bu yerga-ortga yurishim oson bo‘lgan bo‘lar edi, chunki bu yerda sportni yaxshi ko‘rishadi va shuning uchun men bu yerni yaxshi ko‘raman”, deb aytdi Jons.
Bunga javoban Putin Royni Rossiyada hamma bilishini ta'kidlab o‘tdi.
“Agar siz hayotingizning katta qismini Rossiyadagi faoliyatingiz bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, unda biz sizning pasport olish bo‘yicha taklifingizni mamnuniyat bilan bajaramiz”, deb xulosa qildi Putin.
Bokschi o‘z navbatida sport Rossiya va AQSh o‘rtasida ko‘prik qurishga yordam berishi fikrini aytib o‘tdi.