Jahon | 11:59 / 19.08.2015
4972
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ichib olib BTRda shahar aylangan ikki askar qo‘lga olindi

Politsiya xodimlari Rossiyaning Chita shahrida ichib olib, bronetransportyorda shahar aylangan ikki askarni qo‘lga oldi.

“Shahar bo‘ylab BTR yurgani haqida kecha tunda xabardor bo‘ldik. Guvohlarning aytishicha, bronetransportyor katta yo‘lning qarama-qarshi qismida avariya holatini vujudga keltirgan holda harakatlangan. Voqeaga oydinlik kiritish uchun maxsus ekipaj yuborilgan”, – deya ma'lum qilgan Baykalorti o‘lkasi IIB matbuot xizmati rahbari Larisa Ivanova.

Politsiyachilar turar-joy binosi oldida turgan BTRni qo‘lga olishgan, biroq mashina ichidagilar tashqariga chiqishdan bosh tortishgan. Inspektorlar BTR oynasini sindirib, ichkaridagi harbiy libosda bo‘lgan ikki mast erkakni olib chiqqan.

“BTR boshqarishga ijozatnomasi bo‘lgan haydovchiga nisbatan mast holda rul boshqarganlik uchun dalolatnoma tuzildi. Qo‘lga olingan haydovchi va yo‘lovchi harbiy komendaturaga topshirilgan. Tekshiruv xulosalari protsessual qaror chiqarish uchun harbiy prokuraturaga jo‘natilgan”, – deya qo‘shimcha qildi Ivanova.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish