Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida quyosh elektr stansiyalari quriladi
O‘zbekiston energetiklari mamlakatda yangi quyosh elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha rejalarini ma'lum qilishdi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish maqsadida O‘zbekistonning Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida har biri 100 megavattni tashkil qiluvchi quyosh elektr stansiyalari qurish ko‘zda tutilgan.
Bu haqda “O‘zbekenergo” AJning elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish borshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Hakimov ma'lum qildi.
“Bunda elektr energiya ishlab chiqarish yiliga o‘rtacha 350 millionov kVt/soatgacha yetadi va 110 mln kub metr gaz tejaladi”, deb ta'kidlaydi Hakimov.
Avvalroq Samarqand viloyatida Markaziy Osiyodagi birinchi quyosh fotoelektr stansiyasini bunyod qilish loyihasi doirasida yerni tayyorlash bo‘yicha ishlar nihoyasiga yetgani ma'lum qilingan edi. Umumiy qiymati 310 mln dollarni tashkil qiluvchi loyihaning amalga oshirilishi Osiyo taraqqiyot bankining 110 mln miqdoridagi imtiyozli krediti hamda O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Ushbu loyiha doirasida “O‘zbekenergo” AJ Germaniyaning GOPA International Energy Consultant GmbH, Suntrace GmbH va Renewables Academy AG kompaniyalari bilan loyihani amalga oshirishda konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzdi.
OTB ekspertlarining baholashlaricha, bu stansiya Samarqand viloyatini yiliga 150 milliard kVt/soat elektr energiya bilan ta'minlaydi, yiliga 40 mln kub metr tabiiy gaz tejash, issiqhona gazlarining atmosferaga chiqarilishini yiliga 200 ming tonnaga kamaytirishga imkon beradi.