Iqtisodiyot | 05:26 / 19.08.2015
3531
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy va Janubiy Koreya Keson sanoat parkidagi maoshlarni oshirishga kelishib oldi

Shimoliy va Janubiy Koreya Keson sanoat parki – ikki davlat tomonidan boshqariluvchi alohida iqtisodiy hududda ishchilarning minimal oyligini ko‘tarishga kelishib oldi, deb yozmoqda The New York Times  nashri.

Bu hududda ishlaydigan ishchilarning eng kam maoshi Janubiy Koreya so‘ragandek 5 foizga, ya'ni oyiga 74 dollargacha ko‘tariladi. Shimoliy Koreya vakillari esa maoshning 5,18 foizga oshirilishini talab qilayotgan edi.

Ayni paytda Keson sanoat hududida o‘rtacha oylik 166 dollarni tashkil qilmoqda. Ishchilarga maoshni Janubiy Koreya to‘laydi, u Shimoliy Koreyaga pul mablag‘larini o‘tkazib beradi, biroq har bir xodim qancha pul olishi noma'lum.   

Keson sanoat hududida 124 ta fabrika ishlab, ularda 53,8 ming kishi mehnat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish