Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi City Makon sotuvga qo‘yiladi
Toshkent shahridagi City Makon savdo-ko‘ngilochar markazi auksion savdolarga qo‘yiladi. 92 ming kvadrat metr maydonni egallagan majmuaning qiymati 14,75 milliard so‘mga baholandi, deya xabar bermoqda Uztag “Birja” gazetasi ma'lumotiga tayangan holda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, savdolarda ishtirok etish uchun investor obekt boshlang‘ich bahosining eng kamida 10 foizini oldindan to‘lashi lozim. Tadbirkorlarga auksionda ishtirok etish uchun taklifnoma Chilonzor tuman sud ijrochilari bo‘limi tomonidan taqdim etildi.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mazkur obekt ularning ro‘yxatida turmaganini aytib, bo‘lg‘usi savdolar yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.
City Makon savdo-ko‘ngilochar markazi 2012 yil 1 sentabrdan faoliyatini boshlagan. Kompleks bolalar uchun ta'lim-tarbiya markazi, savdo majmuasi, sport maydonlari va ovqatlanish shoxobchalaridan iborat. Shuningdek, unda 3D kinoteatrlar va yozgi tomosha maydonchasi ham mavjud. Markaz 2013 yil noyabr oyida noma'lum sababga ko‘ra yopib qo‘yilgan edi.