Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada ko‘mir qazib olish 53 foizga kamayib ketdi
2015 yilning birinchi 6 oyida Ukrainada ko‘mir qazib olish darajasi 2014 yilning shu davridagiga nisbatan 53,2 foizga, ya'ni 15,5 mln tonnagacha kamayib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston davlat statistika boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda UNIAN agentligi ma'lum qildi.
Ko‘mir qazib olishning bunday keskin pasayishga Donbassdagi harbiy operatsiya sabab bo‘lmoqda.
Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilning iyulida ko‘mir olish 2014 yilning iyuliga nisbatan 42 foiz, ya'ni 2,2 mln tonnagacha kamayib ketgan. 2015 yilning iyun oyiga nisbatan bu ko‘rsatkich 4,3 foizga yaxshilangan.
Avvalroq Ukraina davlat kompaniyalarining zararlari 4,5 mlrd dollardan oshgani, pechene, shokolad, sharbat va pista yog‘i ishlab chiqarilishi hajmi esa 25 foizga kamayib ketgani ma'lum qilingandi.