Jahon | 11:41 / 19.08.2015
2237
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada TIV xodimlariga ingliz tilini bilish majburiy qilib qo‘yildi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin o‘z idorasi xodimlari uchun ingliz tilini bilishni majburiy qilib qo‘ydi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
Xabarnomaga ilova qilingan maktubda vazir xodimlarni ingliz tilini o‘rganish zarurligidan 1 yil muqaddam ogohlantirgani aytilgan.

Endilikda til bilish darajasi yaqinlashayotgan attestatsiyada qo‘yiladigan asosiy talab bo‘ladi.
Til bilish idora xodimlarining qo‘shimcha yutug‘i hisoblanib, nafaqat ishlash jarayonini osonlashtiradi, balki ko‘tarilish imkoniyatiniyam ko‘paytiradi, deb qayd qilindi maktubda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish