Jahon | 11:43 / 20.08.2015
2542
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik professor bir yilga Devid Bouiga aylanadi

Kingston universiteti professori Uill Bruker bir yil muddatga taniqli rok ijrochisi Devid Boui qiyofasiga kirishga qaror qildi. Bu haqda The Huffington Post nashri yozmoqda.

Bruker artist obraziga to‘laligicha kirmoqchi. U nafaqat kiyinish va soch turmagini o‘zgartiradi, balki qo‘shiqchi o‘qiydigan kitoblarni o‘qiydi, u ko‘rgan filmlarni ko‘radi. Bundan tashqari, olim Boui yegan ovqatlar bilan oziqlanmoqchi, jumladan, artist 1974 yili tutgan qalampir va sutdan iborat parhezni sinab ko‘rmoqchi. Qo‘shiqchining hayot uchun xavfli xatti-harakatlari bundan mustasno.

Boui qiyofasidagi bir qancha suratlarini Bruker Twitter’da e'lon qildi. 45 yoshli olimning aytishicha, bu unga mashhur artistni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish