O‘zbekiston | 15:47 / 20.08.2015
2099
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Jorj Edgar o‘z missiyasini yakunladi

2015 yilning 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Jorj Edgarni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida elchining uch yil davomidagi samarali faoliyati ijobiy baholanib, O‘zbekiston – Buyuk Britaniya munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

O‘z navbatida elchi O‘zbekistondagi muvaffaqiyatli faoliyati uchun ko‘rsatilgan ko‘mak va yaratilgan sharoitlar uchun tashakkur izhor etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish