Iqtisodiyot | 06:34 / 20.08.2015
9559
2 daqiqa o‘qiladi

Independent: BRIKS davlatlari uchun barchasi tugadi

BRIKSga a'zo davlatlar uchun barchasi tugadi, deb yozmoqda The Independent nashri. Ekspertlarning fikricha, davlatlar rahbariyatining xavfsiz va hayotchan iqtisodiy siyosatni olib bora olmasligi hamda ishlab chiqarishni raqobatbardosh darajaga olib chiqa olmasligi ularning pastlashini ko‘rsatadi.   

Xususan, xabarda Xitoy hukumatining yuanni devalvatsiya qilish bo‘yicha harakatlari, sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi ta'kidlab o‘tildi. Braziliyada yuz minglab odamlar ishtirok etayotgan hukumatga qarshi namoyishlar barham topmayapti, Janubiy Afrika Respublikasida esa korrupsiya misli ko‘rilmagan darajada avj olgan.

Nashrning yozishicha, faqatgina Hindiston ayni paytda qandaydir bo‘lsa ham rivojlanishni namoyon qilmoqda.

Avvalroq Shanxayda BRIKS tarqqiyot banki o‘z ishini boshlagani ma'lum qilingan edi. Bankning asosiy vazifasi BRIKSga a'zo davlatlar va rivojlanayotgan davlatlardagi turli infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishdan iborat. BRIKS davlatlarining bankka kiritgan ulushi 2 mlrd dollarni, umumiy summa 10 mlrd dollarni tashkil qiladi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish