Jahon | 17:16 / 20.08.2015
4575
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDR bilan chegaradosh tumanlar aholisini evakuatsiya qilmoqda

Janubiy Koreya hukumati KXDR bilan chegaradosh tumanlaridagi barcha mahalliy aholini evakuatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda “Renxap” xabar berdi.

Bundan avvalroq Janubiy Koreya so‘nggi 11 yil ichida ilk bora Pxenyan siyosatiga qarshi yo‘naltirilgan xabarlarni ovoz kuchaytirgichlar orqali e'lon qilishni yo‘la qo‘ygandi. Bunga javoban Shimoliy Koreya o‘t ochishni ma'qul ko‘rdi.

Har ikki tomon ham chegara hududlaridagi harbiylarini to‘liq jangovar holatga keltirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish