Iqtisodiyot | 18:01 / 20.08.2015
5698
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: dunyoda hech kim inqirozdan chetda qolmadi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oq O‘rdada asosiy eksportchi kompaniyalar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar bermoqda.

“Biz murakkab davrda yashamoqdamiz. Oxirgi yil davomida jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning jiddiy yomonlashuvi kuzatildi. Bu yerda asosiy eksportchilarimiz, kichik va o‘rta biznes vakillari o‘tiribdi. Inqiroz barcha yo‘nalishlarda bormoqda. U ham rivojlanayotgan, ham rivojlangan davlatlarni chetda qoldirmadi. Undan hech kim chetda qolmadi”, – dedi u tadbirkorlarga murojaatida.

Shuningdek, davlat rahbari jahonda neft narxining tushishi davom etayotganini eslatib o‘tdi, bu esa Qozog‘iston eksportining muhim qismini tashkil etadi. Metallar narxining tushishi esa 2011 yildan buyon davom etmoqda.

“Asosiy sadvo hamkorlarimiz – Xitoy va Rossiyadagi ichki vaziyat tufayli ushbu mamlakatlarning bizning eskport mahsulotlarimizga bo‘lgan talabi tushib ketdi”, – davom etdi so‘zida Nazarboyev.
Shuningdek, u 2014 yildan buyon dollar boshqa barcha valyutalarga nisbatan mustahkamlanib borayotganini eslatib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish