Iqtisodiyot | 12:12 / 20.08.2015
4172
1 daqiqa o‘qiladi

Olma-Otadagi valyuta ayirboshlash shoxobchalari ishlamayapti

Qozog‘istonning Olma-Ota shahridagi ko‘plab valyuta ayirboshlash shoxobchalari yopib qo‘yildi, deya xabar berdi Tengrinews.kz.
Ochiq shoxobchalar atrofi esa odamlar bilan gavjum. Odamlar navbatga turib tengeni almashtirmoqda. Biroq dollar va yevro yo‘qligi sababli olma-otaliklar rubl sotib olishga kirishgan.

Valyuta almashtirish uchun kelgan kishilar dollarni eski bahoda sotib olishni istashini, biroq Amerika valyutasi hech qayerda yo‘qligini ta'kidlashgan. Ko‘pchilik kecha, 19 avgustda dollarni 195-197 tengedan sotib olmaganidan afsusda ekanini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston bugun, 20 avgustdan boshlab erkin suzuvchi valyutalar tizimini joriy etdi. Bu esa dollar bahosini endilikda mamlakat markaziy banki emas, balki bozor belgilashini ko‘rsatadi. Bugun, 20 avgust kuni KASEning ertalabki sessiyasi yakunlariga ko‘ra, dollarning o‘rtacha bahosi 255,26 tengeni tashkil etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish