Iqtisodiyot | 17:08 / 20.08.2015
3467
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston noqonuniy mablag‘larni legallashtirish reytingida 107-o‘rinni egalladi

Shveytsariyadagi aktivlarni qaytarish bo‘yicha xalqaro markaz (International Center for assets resovery) tomonidan tuzilgan Basel Anti-Money Laundering Index (Noqonuniy pullarni legallashtirishga qarshi Bazel indeksi) reytingida 107-o‘rinni egalladi.
Reytingdan 152 davlat o‘rin oldi. 10 balli shkala bo‘yicha O‘zbekistonning indeksi 5.11 ballni tashkil qildi. Shu tariqa, O‘zbekiston Urugvay (106) va Niderlandiya (108) o‘rtasida joylashdi.

Rossiya ro‘yxatda 57-o‘rinni, AQSh esa 103-o‘rinni egalladi.
Noqonuniy pul mablag‘larini legallashtirish xavfi eng jiddiy deb Eron baholandi – u 8.59 ball bilan 1-o‘rinni egalladi. Undan keyingi pog‘onalarni Afg‘oniston (8.48 ball) va Tojikiston (8.26 ball) zabt etdi.

Bunday xavf eng kam deb baholangan davlatlar esa Sloveniya (3.41 ball, 150-o‘rin), Estoniya (3.19 ball, 151-o‘rin) va Finlyandiya (2.53 ball, 152-o‘rin) bo‘lishdi.
Reytingda mamlakat bank tizimi imkoniyatlari, shuningdek, korrupsiya darajasi, davlat va moliya sektori faoliyatining oshkoraligi, siyosiy tizim va mahalliy qonunchilik inobatga olinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish