Sport | 08:34 / 20.08.2015
1588
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik velopoygachilar Malayziyadagi turnirni muvaffaqiyatli boshladi

2015 yilning 18-22 avgust kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida velotrek bo‘yicha Janubiy-Sharqiy Osiyo Gran-Pri musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bergan.

Mazkur nufuzli musobaqaning dastlabki kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga bir yo‘la 2ta oltin medal kelib tushdi. Tajribali sportchi Timur Gumerov jamoaviy poygalarda marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib kelgan bo‘lsa, yana bir o‘zbekistonlik vakil Ruslan Fedorov skretch poygasida birinchi o‘rinni egalladi.

19 avgust kuni bo‘lib o‘tgan musobaqada terma jamoa a'zolari yana bitta oltin va ikkita kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bundan tashqari o‘smirlar o‘rtasida boshlangan poygalarda yana bir o‘zbekistonlik sportchi hal qiluvchi final bosqichiga chiqqan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish