Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston avtomobilsozlari tengening qadrsizlanishini ijobiy qarshilashmoqda
Qozog‘iston avtomobilsozlari mamlakat tengening erkin suzuvchi kursiga o‘tishini qo‘llab-quvvatlashmoqda va eksportga mashina chiqarish hajmini oshirishga umid bildirmoqdalar, deb Qozog‘iston avtobiznesi uyushmasi prezidenti, AllurGroup prezidenti Andrey Lavrentevga iqtibos keltirgan holda «Interfaks» axborot agentligi ma'lum qilmoqda.
“Biz avtomobilsozlik tarmog‘i sifatida kursning to‘g‘rilanishini qo‘llab-quvvatlaymiz, chunki hozirgi vaziyatda bizda Rossiya rublining devalvatsiyasi oqibatida tengsizlik yuzaga kelgan edi. Endi biz o‘z salohiyatimizni eksport doirasida oshirishni boshlaymiz. Hozir kursning to‘g‘rilanishining davom etishi bizga sekin-asta o‘z ishimizni muvofiqlashtirish uchun imkon beradi”, deb aytdi Lavrentev.
Lavrentevning aytishicha, hukumat tomonidan imtiyozli avtokreditlash dasturiga berilgan 20 mlrd tenge avtosanoat korxonalarini sog‘lomlashtirdi, biroq bu yetarlicha samarali bo‘lmadi. Agentlik 20 apreldan Qozog‘istonda mamlakatda ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish dasturi boshlangan edi. Bu dastur doirasida mashinani sotib olish kredit bo‘yicha samarali foiz stavkasi 7,5 foizdan ko‘proqni tashkil qilmaydi.
20 avgustda Qozog‘iston hukumati qozoq tengesining erkin suzuvchi kursi tartibiga o‘tish haqidagi qaroridan keyin tenge qadrsizlanib ketdi. 20 avgustda qozoq tengesining dollarga nisbatan rasmiy kursi 1 dollarga 188,38 tangani tashkil qilgan bo‘lsa, 21 avgust uchun 255,26 tangani tashkil qildi.
Qozog‘iston avtodilerlari mashinalarni yangi kursga o‘tilishi munosabati bilan narxlarni qayta hisoblab chiqish uchun savdolarni to‘xtatib qo‘yishdi.