Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston banklari dollarni 259 tengedan sotishni boshladi
Qozog‘iston banklari saytlarida dollarning sotilish bahosi 259 tengega yetdi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Bugun, 20 avgust kuni KASEning ertalabki sessiyasi yakunlariga ko‘ra, dollarning o‘rtacha bahosi 255,26 tengeni tashkil etgan edi.
2015 yil 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Markaziy bank rahbari Qayrat Kelimbetov dollarni sotish va sotib olish o‘rtasidagi 2 tengelik farq olib tashlanmasligini aytib o‘tdi.
Shunday qilib, AsiaCredit Bank banki saytida dollarning sotish bahosi 257 tengega yetdi. Xorij valyutasini 257 tengedan sotib olishayapti. Bunday holatni Qazaq Banki portalida ham uchratish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston bugun, 20 avgustdan boshlab erkin suzuvchi valyutalar tizimini joriy etdi. Bu esa dollar bahosini endilikda mamlakat markaziy banki emas, balki bozor belgilashini ko‘rsatadi.