Iqtisodiyot | 13:38 / 20.08.2015
6256
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston tangasi dollarga nisbatan 26 foiz qiymat tashladi

Qozog‘iston milliy valyutasi dollarga nisbatan 26 foiz qiymat tashladi. Bu 20 avgust kuni mamlakat rahbariyati tanganing “suzuvchi” kursga o‘tishini e'lon qilganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

Qozog‘iston fond birjasi savdolarida tanganing dollarga nisbatan kursi 66.88 tangaga tushib, 1 dollarga 255.26 tangani tashkil qildi.
Sotuvlar hajmi 115.55 ming dollarni tashkil qildi. Unda 25 bank ishtirok etdi. 20 avgust kuniga rasmiy kurs 188.38 tanga/1 dollarni tashkil qilmoqda. Ammo kechaning o‘zida ayirboshlash shoxobchalarida valyuta olish qiymati 189 tangadan 198 tangaga ko‘tarilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish