Iqtisodiyot | 01:28 / 20.08.2015
2664
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada kontrabanda kiyim-kechakni yo‘q qilish taklifi bildirilmoqda

Rossiya to‘qimachilar uyushmasi Rossiyaga kontrabanda yo‘li bilan yetkazilgan kiyim-kechaklarni yo‘q qilish taklifi bilan chiqmoqda, deb uyushma prezidenti Shamxal Ildarovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Men Rossiyaga kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan to‘qimachilik va yengil sanoat buyumlarini Rossiya chegarasida yoki Rossiyaning butun hududi bo‘ylab hozirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kabi yo‘l tutilayotgandek, yo‘q qilishni taklif qilaman. Chegarada tutilganini yo‘q qilish, gipermarketlar tarmog‘ida topilganlarni ham chiqitga chiqarish kerak”, deb aytdi Ildarov.

Ildarovning aytishicha, ushbu taklif bildirilgan maktub Vladimir Putin ma'muriyatiga yuborilgan. Ildarovning fikricha, bunday choralar “kulrang” va “qora” turlarga bo‘linuvchi kontrabanda hajmini kamaytirish imkonini beradi. “Qora” kontrabandada kiyim-kechaklar boshqa tovar sifatida qalbaki sertifikatlar yordamida yetkazib beriladi. “Kulrang” kontrabandada kamroq boj to‘lash maqsadida buyumlar arzonroq tovarlar sifatida deklaratsiyalanadi.

Rossiya to‘qimachilik sanoatining bir yillik oboroti 30 mlrd dollarga baholanmoqda, bundan uchdan bir qismi Rossiyada ishlab chiqarilgan mahsulotga to‘g‘ri keladi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish