Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulyukayev rublning joriy kursini haqqoniy deb atadi
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayev rublning joriy kursi haqqoniy darajada ekanini aytdi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Ulyukayevning aytishicha, neft narxi yana ham tushishi mumkin. Shu sabab rubl zaiflashib boradi.
“Rubl hozirda o‘zining haqqoniy darajasida turibdi. Agar neft narxlari tushishda davom etsa, bu men uchun katta miqdorda bo‘lishi mumkindek tuyulmoqda, unda rublning kursi ham pasayadi”, deb ta'kidlamoqda vazir.
Valyuta “urushlari” boshlanishi ortida (Xitoy, Qozog‘iston) dollar/rubl valyuta juftligining qiymati 70-73 ga chiqishi kuzatilishi mumkinligi aytilmoqda.