Iqtisodiyot | 00:39 / 20.08.2015
3328
1 daqiqa o‘qiladi

WTI nefti narxi 2009 yildan beri navbatdagi minimum qiymatini yangiladi

Neft narxi 19 avgustda AQSh neft zaxiralarining o‘zgarishi haqidagi haftalik statistikaning chop etilishiga nisbatan salbiy o‘zgarishni namoyon qildi. Bundan savdolardan olingan ma'lumotlar darak bermoqda.

Moskva vaqti bilan soat 19:43 da Brent neftining oktabr fyucherslari narxi 3,21 foizga, ya'ni 47,25 dollargacha, WTI nefti 4,06 foizga, ya'ni 41,37 dollargacha tushib ketdi. WTI neftining sentabr fyucherslari 4,38 foizga, ya'ni 40,83 dollargacha tushib ketdi va 2009 yil 4 martdagi minimum narxni yangiladi.

AQSh Energetika vazirligi mamlakatdagi tijorat uchun mo‘ljallangan neft zaxirasi 14 avgustda tugagan hafta ichida kutilmaganda 2,6 mln barrelga, ya'ni 456,2 mln barrelgacha oshganini ma'lum qilgan edi. Tahlilchilar aksincha neft zaxiralarining 777 ming barrelgacha kamayshini kutayotgan edilar.   

“Bu barchani g‘aflatda qoldirdi. Men bu hisobotdan hech qanday yaxshi narsani ko‘rmayapman”, deb aytdi brokerlardan biri Skott Shelton.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish