Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainadagi zo‘ravonlik darajasidan tashvishlanmoqda
AQSh Ukraina janubi-sharqida yuz berayotgan vaziyatni kuzatmoqda, deb Pentagon rahbari Eshton Karter aygan so‘zlarni TASS axborot agentligi keltirib o‘tdi.
“Biz Ukrainadagi zo‘ravonlik darajasidan, uning o‘sishidan xavotirdamiz. Menda bu holat bo‘yicha hech qanday prognoz mavjud emas. Biz bundan qattiq tashvishlanmoqdamiz va bu vaziyatni e'tibor bilan kuzatmoqdamiz”, deb aytdi Karter matbuot-anjumanida.
O‘z navbatida Moskva Ukrainani keskinlikni avj oldirishni bas qilishga chaqirmoqda.
Bundan avval Berlinda “normand to‘rtligi” ekspertlari uchrashuvida ishtirokchilar o‘z fikrlarida qolgancha tarqalishgandi.