Jahon | 10:44 / 21.08.2015
4946
1 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama Eronga qarshi harbiy kuchlarni qo‘llash mumkinligini istisno etmadi

AQSh prezidenti Barak Obama kongressda agarda Tehron atom dasturi bo‘yicha xalqaro kelishuvni buzsa, Eronga nisbatan ham iqtisodiy bosim o‘tkazish, ham harbiy kuchlarni ishga solishi mumkinligini e'lon qildi.

“Agar Eron kelishuv amalda bo‘lgan muddatda ham, undan keyin ham yadro quroliga ega bo‘lishga harakat qilsa, AQSh barcha maqbul usullar, jumladan, harbiy kuchlardan foydalanishga buyruq beradi”, – deya iqtibos keltiradi The New York Times Obama maktubidan.

Nashr xabariga ko‘ra, maktub 19 avgust kuni vakillar palatasi a'zosi Jyerrold Nadler hamda Demokratlar partiyasidan bo‘lgan barcha kongressmen va senatorlarga yuborilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish