Jahon | 10:37 / 21.08.2015
3845
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi qochoqlar lagerida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Germaniya markaziy qismidagi Zul shahrida joylashgan qochoqlar markazida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida 17 kishi, jumladan, 6 politsiyachi jarohatlangan, deya xabar bermoqda BBC.

Mojaro afg‘on qochoqlaridan biri Qur'on kitobining bir necha sahifasini yirtib olib, uni hojatxonaga tashlaganlikda gumon qilinganidan so‘ng boshlangan. Mushtlashuvni bartaraf etishga harakat qilgan politsiya vakillari ham jabrlangan.

Taxminiy ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyadan siyosiy boshpana olish istagidagi qochoqlar soni 2015 yilda 750-800 ming nafarga yetgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish