Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy prokuraturada Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasida Qurolli Kuchlar qo‘shinlari qo‘mondonliklari, birlashmalari, harbiy qism va muassasalar qo‘mondonliklari tarkibi ishtirokida Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda Qurolli Kuchlarda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash, qo‘shinlarning jangovar shaylik darajasini yanada oshirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini uy-joy bilan ta'minlash, sog‘lig‘ini saqlash, ularning xizmatni o‘tash va yashash joylaridagi ijtimoiy-maishiy sharoitlarni izchil yaxshilab borish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.