Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iyul oyida Rossiyadagi yengil avtomobillar savdosi 18,7 foizga pasaydi
2015 yilning iyul oyida Rossiyada 452,3 ming dona avtomobil sotilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 18,7 foizlik past natija qayd etildi. O‘tgan 7 oy ichida esa mamlakat yengil avtomobillar bozori hajmi 2,7 million donani tashkil etib, 2014 yilga qaraganda 22,6 foiz kam avtomobil sotilgan. Bu haqda “Avtostat” tahlil agentligi xabar qilgan.
O‘tgan oyda 138,9 ming dona Lada (2014 yil iyul oyiga nisbatan 21,7 foiz kam) sotilgan. Top-25ga kiruvchi modellar ichida faqatgina Hyundai Solaris (+12,3 foiz) savdosida o‘sish kuzatilgan. Boshqa modellar savdosi esa 6,1 foiz (Renault Logan)dan 34,1 foiz (VAZ-2106)gacha kamaygan.
Xorij modellari ichida Toyota 49,8 ming dona mashina bilan (-21 foiz) yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Nissan 23,2 ming dona (-17,7 foiz), Chevrolet 18,1 ming dona (-13,9 foiz) dona mahsulot sota olgan. Eng ko‘p sotilgan chet el brendlari ro‘yxatida Ford Focus birinchi o‘rinni egallagan.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning yanvar—iyun oylarida GM Uzbekistan AJ QK Rossiyaga 10 357 dona avtomobil sotgan edi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57 foizga kam demakdir.