O‘zbekiston | 10:13 / 21.08.2015
6769
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda sabzavot va poliz mahsulotlari o‘rniga qaytadan chigit ekildi

Prokuratura idorasi Namangan viloyatidagi fermerlar chigit o‘rniga boshqa ekinlar ekkanini aniqladi.

“Huquq” nashrida yozilishicha, Pop tumanidagi “Jo‘rabek” fermer xo‘jaligi chigit qadash rejalashtirilgan 9 gektar maydonga kungaboqar, “Alomat Madinabonu” fermer xo‘jaligi 7 gektar yerga poliz mahsulotlari, “Hamidjon Manazarov” fermer xo‘jaligi 4,7 gektar yerga ziravor ko‘kat, “Ahror fayzli kelajak” fermer xo‘jaligi 3,5 gektar maydonga piyoz ekkan.

Qayd etilishicha, bu kabi holatlarni boshqa tumanlarda ham uchratish mumkin.

Namangan viloyati prokuraturasi vakili Ilhomjon Rahmonovning bildirishicha, chigit o‘rniga boshqa ekin ekkan fermer xo‘jaliklarida qaytadan chigit ekilishi ta'minlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish