Texnologiya | 19:12 / 21.08.2015
3801
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyada 5G texnologiyasi sinovdan o‘tkaziladi

Niderlandiya shimolidagi Loppersum qishloqchasi va uning atrofi 5G ma'lumotlar uzatish texnologiyasi snovdan o‘tkaziladigan ilk qishloqqa aylanadi. Bu haqda RTV Noord telekanali xabar qildi.

Loyihada bir qator yetuk golland va xalqaro telekommunikatsiya kompaniyalari, jumladan, TNO, Ericsson, KPN va Huawei ishtirok etmoqda. “Mazkur aholi punktini tadqiqot maydonchasi sifatida tanlash qarori Groningen provinsiyasi iqtisodiy kengashi tomonidan zilziladan ziyon ko‘rgan ushbu hudud jozibadorligini investorlar uchun oshirish maqsadida qabul qilingan, deya qayd etib o‘tdi telekanal.

“Shu bilan birga, Loppersum aholisining o‘zi hozircha ma'lumotlar uzatuvchi yangi texnologiyadan foydalanmaydi, – qayd etib o‘tdi RTV Noord. – Bu yerda dunyoning barcha kompaniyalari 5Gdan foydalangan holda o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishlari mumkin”.

5G texnologiyasi, bu – yangi avlod telekommunikatsion standartidir. U soniyasiga 3,6 Gbit tezlikda axborot uzata olishi, yuqori sifati, kam energiya talab qilishi va zarur infratuzilmlarni joriy etish tannarxining arzonligi bilan farqlanadi. Mazkur standart zamonaviy 4Gga qaraganda bir necha yuz barobar tezroq bo‘lib, bir vaqtning o‘zida tarmoqqa ko‘p sonli uskunalarning ulanishiga imkon beradi. Ayni paytda texnologiyani ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish ishlari Britaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya va Yaponiya singari mamlakatlarda amalga oshirilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish