Jahon | 23:18 / 21.08.2015
4670
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Suriya bilan chegarada devor qurishni boshladi

Turkiya Suriya bilan chegarasi bo‘ylab 45 km lik beton devor qurishni boshladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

Turk OAVlarining ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Turkiyaning Suriya bilan chegarasida eng muammoli punkt bo‘lgan Xatay viloyati Rayhonli shahrida 12 km lik to‘siq barpo etildi.

Rasmiy turk shaxslari bunga izoh berishdan bosh tortdilar. Oxirgi vaqtda Turkiya jangarilarning o‘z hududiga kirishining oldini olish maqsadida Suriya bilan chegarasida xavfsizlikni kuchaytirishni faollashtirdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish