Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 06:49 / 22.08.2015
3181
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiyada tezyurar poyezd yonib ketdi
Fransiyaning Lion shahri hududida Parijdan Marselga ketayotgan poyezd yonib ketdi. Bu haqda BFM TV telekanali ma'lum qildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, poyezdda 800 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan hech kim jabr ko‘rmagan. Keyinroq yo‘lovchilar xavfsizlik nuqtai nazaridan evakuatsiya qilingan.
Poyez qanday sabab bilan yonib ketgani hozircha ma'lum qilinmayapti. Voqea joyida o‘t o‘chirish xizmatining 80 nafarga yaqin xodimi ish olib bormoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish