Jahon | 12:39 / 22.08.2015
4741
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya va AQSh KXDRni tahlikaga solish maqsadida harbiy aviamanyovrlar o‘tkazmoqchi

AQSh va Janubiy Koreya qiruvchi samolyotlari shimolliklarga psixologik hujum sifatida harbiy aviamanyovrlar o‘tkazishmoqchi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar qilgan.

"Bu parvozlar Koreya respublikasi va AQSh qurolli kuchlari birlashganda qanday qudratga ega bo‘lishini namoyish qilib beradi", degan janublik harbiy amaldorlardan biri.
Qayd etilishicha, bu manyovrda AQShning 4ta F-16 qiruvchi samolyoti va Janubiy Koreyaning 4ta F-15K qiruvchi samolyoti ishtirok etadi.

Biroz oldinroq, AQSh va Koreya Respublikasi KXDR harakatlariga “kuchli qarshi zarba” berishga kelishib olgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish