Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jon Kerri AQSh nomidan Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri prezident Barak Obama nomidan Ukrainani Mustaqillik kuni bilan ikki kun barvaqtroq tabrikladi.
"Sizlar 24 avgust kuni Mustaqillik kunini nishonlaysizlar. Prezident Obama va barcha amerikaliklar nomidan men ukrain xalqiga o‘zimning eng yaxshi tabriklarimni bildiraman", deyiladi AQSh Davlat departamentining rasmiy saytida.
Kerrining qayd etishicha, qiyinchiliklarga qaramasdan, ukrainlar mustaqillikka erishish yo‘lida, istibdod, byurokratiya va tajovvuzkor qo‘shnilarga qarshi kurashda yutuqlarni qo‘lga kiritishgan.
U AQSh va Ukraina o‘rtasida do‘stona munosabatlarning yanada rivojlanishiga umid bildirib, mamlakatdagi siyosiy muammolar Minsk kelishuvlari asosida hal qilinishiga ishonch bildirgan.