Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft Finlyandiyada 2,3 ming ishchi o‘rnini qisqartiradi
Microsoft kompaniyasi Finlyandiyada mobil biznes sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarini qisqartirish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. “Taloussanomat” gazetasining ma'lum qilishicha, bu chora kompaniyaning Finlyandiyadagi 2,3 ming xodimiga nisbatan qo‘llanadi.
Kompaniyaning Salo shahridagi bo‘linmasi yopiladi. Sobiq mobil gigant Nokia o‘tgan yili o‘zining mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi biznesi Devices & Services’ni 5,4 mlrd dollarga AQSh kompaniyasiga sotib yuborgan edi.
Boshqa bo‘linmalarda qisqartirishlar haqida keyinroq e'lon qilinadi.
Rejalashtirilishicha, Microsoft’ning Finlyandiyadagi faoliyati endi Espoo va Tamperda mujassamlashtiriladi. Shu yerga Salo shahridagi bo‘linmadan ba'zi ishchilar o‘tkaziladi. Bu rejalar keyingi yilning iyunigacha amalga oshiriladi.
Shu bilan bir vaqtda Miscrosoft kompaniyasi Finlyandiya hukumati bilan ishidan ayrilgan xodimlarga yordam ko‘rsatish dasturini ishga tushiradi.
Bundan avval kompaniya dunyo bo‘ylab 18 ming xodimini qisqartirishni mo‘ljallayotganini ma'lum qilgan edi. Ayni paytda kompaniyaning dunyo bo‘ylab barcha tuzilmalarida 120 mingga yaqin odam ishlamoqda.