Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 12:14 / 22.08.2015
2380
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: "Yuventus" Pogbani "Chelsi"ga 120 mln yevro evaziga ham sotmadi
"Yuventus" jamoasi o‘z futbolchisi Pol Pogbani "Chelsi"ga transfer qilishni istamadi.
Gianlucadimarzio nashrida yozilishicha, turinliklar "Chelsi"ning fransiyalik bu yosh yarimhimoyachi uchun taklif qilgan 12 mln yevroni rad etishgan.
Bundan oldinroq, futbolchi keyingi yilda "Barselona"ga o‘tishi haqida xabarlar berilgandi.
Ma'lumot uchun, Pogba o‘tgan mavsumda "Yuventus" safida A seriyaning 26 uchrashuvida maydonga tushgan va 8ta gol urib, 7ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish