Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy "IShID" rahbarlaridan biri o‘ldirilganini tasdiqladi
Oq uy Iroq hududida "IShID"ning ikkinchi darajali odami Hoji Mutoz o‘ldirilganini ma'lum qildi. Reyter nashrida yozilishicha, u 18 avgust kuni havo hujumi natijasida halok bo‘lgan.
"Asl ismi Fadxil Ahmad al-Xayoliy bo‘lgan, Hoji Mutaz nomi bilan tanilgan bu odam 18 avgust kuni AQSh tomonidan berilgan havo zarbasi orqali yo‘q qilingan. U bu paytda Iroqning Mosul shahri yaqinidagi hududda mashinada ketayotgan bo‘lgan", deb ma'lum qildi Oq uy qoshidagi Milliy xavfsizlik kengashi vakili Ned Prays.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Mutazning o‘ldirilishi, jangarilarning kelgusidagi harbiy harakatlarini qiyinlashtiradi.
Hoji Mutaz "IShID"ning Iroq va Suriyadagi qismlari pul, qurol, portlovchi moddalar va texnika bilan ta'minlanishi, shuningdek OAV orqali targ‘iboti uchun mas'ul bo‘lgan.