Jahon | 05:23 / 22.08.2015
4649
2 daqiqa o‘qiladi

The Economist: Rossiyada narxdan boshqa hamma narsa tushmoqda

Neft narxi, G‘arb sanksiyalari hamda davlat boshqaruvining nosamaradorligi Rossiyada inflyatsiyadan boshqa iqtisodiyotning barcha muhim ko‘rsatkichlari tushishiga olib keldi, deb yozmoqda Rossiyadagi statistika va aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga iqtibos keltirgan holda Buyuk Britaniyaning The Economist nashri.

Rossiya iqtisodiyotidagi chuqur pasayish chorak bo‘yicha Rossiya yalpi ichki mahsulotining yillik ko‘rinishda 4,6 foizga pasayishiga olib keldi va bu davlatning barcha ijtimoiy qatlamlariga ta'sir ko‘rsatdi, deb ta'kidlamoqda jurnal.

Neft narxining pasayishi hamda rublning qadrsizlanishi barcha segmentlarda savdolarning pasayishiga olib keldi, xususan avtomobil savdolari 1-chorak natijalariga ko‘ra 36 foiz tushib ketgan.

“Odamlar bunday paytda qornini to‘yg‘azishni o‘ylaydi, bunday narsalar ularni qiziqtirmaydi”, deb aytdi jurnalga Moskvadagi do‘konlardan birining egasi Genrix Mxitaryan.

Yarim yil natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarning daromadlari 3,1 foizga tushib ketgan, chakana savdolar hajmi 7 oydan beri tushib bormoqda.

Bunday iqtisodiy sharoitlarda faqatgina narx-navo oshmoqda va halitdan rossiyaliklarning oila byudjyetini “yutib yuboryapti”. Bunday iqtisodiy muammolar hukumatni “avvalgi Rossiyaning buyukligi” va uni qaytarish uchun “biroz chidab turish kerakligi” haqidagi gaplarni gapirishga majbur qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish