Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyada aviashou paytida samolyot falokatga uchradi
Angliyaning Shorxem shahrida aviashou paytida Hawker Hunter qiruvchi-bombardimonchi samolyoti falokatga uchrashi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi. Britan OAVlari shunday dastlabki ma'lumotlarni keltirmoqda.
Internetda bu falokatning videosi joylashtirildi. Videoda qiruvchi samolyot “o‘lim tuguni” deb atalgan harakatni bajarayotgan paytda uchuvchi uni oxirigacha yetkaza olmay, yerga qulab tushgan. Uchuvchi katapulta qilishga muvaffaq bo‘lgani haqida ma'lumotlar berildi, biroq bu xabar hozircha o‘z tasdig‘ini topmadi.
Samolyot uchish maydoni yaqinidagi shosseda harakatlanayotgan bir necha avtomobillarga ustiga tushgan.