«Chelsi» safarda «Vest Bromvich»ni mag‘lub etib, mavsumdagi ilk g‘alabasini nishonladi
Angliya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “Vest Bromvich” hamda “Chelsi” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar 2:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Dastlab, o‘yinning 15 daqiqasida, "Chelsi" darvozvsiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi va Morrison yo‘llagan zarbani Kurtua bartaraf etdi. 20-daqiqada esa Pedro londonliklar safida o‘zining debyut uchrashuvidayoq gol urib, hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, Diyego Kosta hisobni 2:0 ko‘rinishga yetkazdi. 35-daqiqaga kelib, Morrison bitta golga javob qaytardi. Ammo, yetti daqiqa o‘tmar-o‘tmasdan, Aspilikueta mehmonlarning ustunligini yana ikkita to‘pga oshirdi.
Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida Jon Terri Salomon Rondonga qarshi so‘nggi umid folini ishlatgani uchun uchrashuv hakami Mark Klattenburg tomonidan qizil kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng, mezbonlar ko‘pchilik bo‘lib hujumda harakat qila boshlashdi va 59-daqiqada Morrison “Chelsi” darvozasiga ikkinchi to‘pni ham kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv oxiriga qadar Mourino shogirdlari o‘z ustunliklarini saqlab qola olishdi.
Shu tariqa, “Chelsi” Angliya chempionatidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jamoa hisobidagi 4 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Vest Bromvich” esa so‘nggi o‘rinda qolmoqda.
Angliya chempionati
3-tur
Vest Bromvich – Chelsi 2:3 (1:3, 1:0)
Gollar: 0:1 – 20 Pedro, 0:2 – 30 Diyego Kosta, 1:2 – 35 Morrison, 1:3 – 42 Aspilikueta, 2:3 – 59 Morrison.
Vest Bromvich – Mayxill, Olsson, Douson, Makoli, Brant, Makkleyn (Lambert, 60), Fletcher, Morrison (Gardner, 88), Yakob, Makmanaman (Gnabri, 78), Rondon.
Chelsi – Kurtua, Terri, Aspilikueta, Ivanovich, Zuma, Fabregas, Matich, Azar, Villian (Keyxill, 56), Pedro (Obi Mikel, 84), Diyego Kosta (Falkao, 78).
Ogohlantirishlar: Matich (17), Makkleyn (37), Makmanaman (71).
Chetlatish: Terri (54).
Vest Bromvich - Chelsi 2-3
Posted by Tribuna.uz on 23 avgusta 2015 g.