Sport | 20:55 / 23.08.2015
1819
1 daqiqa o‘qiladi

Kuadrado Italiyaga “Yuventus” bilan shartnoma imzolash uchun keladi

“Yuventus” va “Chelsi” kolumbiyalik yarimhimoyachi Xuan Kuadradoning italyan klubiga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, turinliklar klubi Kolumbiya terma jamoasi o‘yinchisini mavsum oxirigacha 1,5 mln yevro evaziga ijaraga oladi. Kelishuv futbolchini keyinchalik 25 mln yevroga sotib olish imkoniyatini nazarda tutadi.

Xuan Kuadrado Italiyaga 24 avgustda kelishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish