Jahon | 22:05 / 23.08.2015
3494
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Ukraina xalqi va Poroshenkoni mustaqillik kuni bilan tabrikladi

AQSh prezidenti Barak Obama Ukraina xalqi va mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoni Ukraina mustaqilligi kuni bilan tabrikladi hamda kelgusida ham Ukrainani bosqichma-bosqich qo‘llab-quvvatlab borishga va'da berdi, deb aytilmoqda Poroshenko saytida.

“Bizning millatlar Ukraina xalqining o‘zining kelajak yo‘lini erkin tanlash huquqini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish maqsadida birgalikda ishlamoqdalar”, deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik Kiyev tomondan demokratik institutlarni rivojlantirish va iqtisodiy tizimning mustahkamlanishi bilan birga borgan sari mustahkamlanib boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish