Sport | 08:47 / 24.08.2015
2065
3 daqiqa o‘qiladi

Angliya chempionatida 3-turdan keyin "Manchester Siti" peshqadamlik qilmoqda

23 avgust kuni Angliya chempionatining 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. Dastlab, “Chelsi” safarda “Vest Bromvich”ga qarshi o‘ta qiyin kechgan uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, mavsumdagi ilk muvaffaqiyatini nishonladi.

Shuningdek, “Manchester Siti” safarda “Everton”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Kolarov va Samir Nasri mualliflik qildi. Jamoa bu uchrashuvda ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. "Shaharliklar" endi 9 ochko bilan turnir jadvalining eng yuqorisiga joylashgan.

Yana bir o‘yinda “Uotford” klubi “Sautgempton” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Kuman shogirdlari 2 ochko bilan jadvalning 18 pog‘onasidan joy olishgan. Mavsum debyutanti "Uotford" esa 11 o‘rinda ketmoqda.

Bugun tunda 3-turning markaziy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. “Arsenal” klubi o‘z maydonida “Liverpul” bilan to‘qnashi keladi. Ushbu o‘yin 3-turga yakun yasab beradi.

Keyingi tur o‘yinlari 29 avgustda boshlanadi.

Everton – Manchester Siti 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 60 Kolarov, 0:2 – 88 Nasri.
Everton – Xovard, Koulmen, Stounz, Djagelka, Gellouey (Brauning, 45), Makkarti, Berri, Kone (Neysmit, 64), Barkli, Kleverli (Deulofeu, 86), Lukaku.
Manchester Siti – Xart, Sanya, Kompani, Mangalya, Kolarov, Fernandino, Ture, Navas, Silva (Delf, 90), Sterling (Nasri, 76), Aguero (Boni, 81).
Ogohlantirishlar: Mangalya (42), Fernandino (45), Nasri (86).

Vest Bromvich – Chelsi 2:3 (1:3, 1:0)
Gollar: 0:1 – 20 Pedro, 0:2 – 30 Diyego Kosta, 1:2 – 35 Morrison, 1:3 – 42 Aspilikueta, 2:3 – 59 Morrison.
Vest Bromvich – Mayxill, Douson, Makoli, Olsson, Brant, Yakob, Makmanaman (Gnabri, 78), Morrison (Gardner, 88), Fletcher, Makkleyn (Lambert, 60), Rondon.
Chelsi – Kurtua, Ivanovich, Zuma, Terri, Aspilikueta, Fabregas, Matich, Pedro (Obi Mikel, 84), Villian (Keyxill, 56), Azar, Diyego Kosta (Falkao, 78).
Ogohlantirishlar: Matich (17), Makkleyn (37), Makmanaman (71).
Chetlatish: Terri (54).

Uotford – Sautgempton 0:0 (0:0, 0:0)
Uotford – Gomes, Nom, Predl, Ketkart, Xolebas (Diamanti, 46), Kapu, Bexrami (Uotson, 86), Anya, Igalo, Xurado, Dini.
Sautgempton – Stekelenburg, Kolker, Fonte, Yosida, Soaresh, Romeu, Vanyama, Devis (Uord-Prouz, 72), Targett, Pelle (Rodriges, 79), Mane (Long, 25).
Ogohlantirishlar: Vanyama (28), Romeu (57).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish