Jahon | 07:34 / 24.08.2015
3474
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh harbiy-havo kuchlarining Yaponiyadagi omborida portlash yuz berdi

Yaponiyaning Sagamixara shahrida AQSh harbiy-havo kuchlarining omborida kamida bitta portlash sodir bo‘ldi. Buning oqibatida yong‘in chiqdi, deb Kanagava prefekturasi o‘t o‘chirish boshqarmasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

Qayd etilishicha, portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Agentlikning mahalliy aholi bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, yong‘in oldidan bir necha bor portlash ovozi eshitilgan. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda, tergov ishlari boshlab yuborildi.

Breaking 911 yangiliklar portali portlash aks etgan lavhalarni tvitterda joylashtirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish