Jahon | 13:04 / 24.08.2015
7912
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Janubiy Koreyaga bombardimonchi B-52 samolyotlarini joylashtirishi mumkin

Janubiy Koreya va AQSh tomonlari yarimorol hududiga B-52 rusumli bombardimonchi samolyotlarini joylashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bergan.

Bundan tashqari, Koreyaga AQShdan yadro quroliga ega suvosti kemalarini olib kelish bo‘yicha muhokama qilinmoqda.

"Mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda Janubiy Koreya va AQSh amerikaliklarning strategik qurollarining yarimorolga olib kelinishi variantlarini ko‘rib chiqmoqda", deb ma'lum qilgan Koreya respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati vakili Kim Min Sok.

U gap aynan qaysi qurollar haqidaliga aniqlik kiritmagan.