Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya hukumati Amsterdam – Parij poyezdidagi otishmadan so‘ng xavfsizlik choralarini kuchaytirdi
O‘tgan juma, 21 avgust kuni Amsterdam – Parij yo‘nalishi bo‘ylab qatnovchi “Talis” poyezdida sodir bo‘lgan otishmadan so‘ng Belgiya hukumati temir yo‘l tarmoqlarida xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha choralarni amalga oshirishga kirishdi, deya xabar berdi Bryusseldagi "Suar" nashri.
Xabarda qayd etilishicha, dam olish kunlari (22-23 avgust) yo‘lovchilar yuklari ustidan nazorat kuchaytirilib, vokzallarda fransuz-belgiya patrullari soni ko‘paytirilgan.
Shuningdek, Belgiyadagi xalqaro vokzal va poyezdlar xavfsizligini ta'minlash ishlariga qo‘shimcha ravishda 54 nafar federal politsiya xizmatchilari ham jalb etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Amsterdamdan Parij shahriga ketayotgan tezyurar poyezdda erkak kishi sodir etgan otishma natijasida uch kishi jarohat olgan edi. Jinoyatchi yo‘lovchilar tomonidan qurolsizlantirilib, huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga topshirilgan.