Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesligada 2 turdan keyin Dortmundning "Borussiya" jamoasi karvonboshilik qilmoqda
21 avgust kuni "Verder" jamoasi safarda "Gerta" bilan durang (1:1) o‘ynashi orqali boshlangan Bundesliganing 2 tur o‘yinlari 22-23 avgust kunlari davom etdi.
22 avgust kuni "Bavariya" safarda qiyinchilik bilan "Xoffenxaym-1899" jamoasini mag‘lub etib, turnir jadvalida yetakchilikni qo‘liga olgandi.
23 avgust kuniga belgilangan "Ingolshtadt-04" va "Borussiya D" o‘yinida mehmonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Dortmundliklar birinchi turda "Borussiya M" bilan uchrashuvda bo‘lganidek 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu natijadan keyin to‘plar nisbatiga ko‘ra, "Borussiya D" bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Kecha "Borussiya M" "Maynts"ga ham 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, eng oxirgi o‘ringa tushib ketdi.
Keyingi tur 28-30 avgust kunlarida o‘tkaziladi. Dastlab, "Volfsburg" "Shalke-04" bilan o‘ynaydi. 29 avgustda esa "Bavariya" "Bayyer"ni qabul qiladi. 30 avgustga "Borussiya D" va "Gerta" uchrashuvi belgilangan.
Ingolshtadt-04 – Borussiya D 0:4 (0:0, 0:4)
23 avgust, «Audi-Shportpark»
Gollar: 0:1 – 55 Ginter, 0:2 – 60, penalti Roys, 0:3 – 84 Kagava, 0:4 – 90 Obameyang.
Ingolshtadt-04 – Nyuland, Levels, Brejyeri, Xyubner (Matip, 46), Engel (Zuttner, 74), Gross, Rojyer, Morales, Xartmann (Leks, 61), Xinterzeyer, Lekki.
Borussiya D –Byurki, Ginter, Subotich, Xummels, Shmeltser, Gyundogan, Vaygl, Kagava (Kastro, 86), Roys (Ramos, 80), Obameyang, Mxitaryan (Xofmann, 74).
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (9), Lekki (25), Rojyer (29), Subotich (31), Kagava (37).
Borussiya M – Maynts 1:2 (0:1, 1:1)
23 avgust, «Borussiya-Park»
Gollar: 0:1 – 42 Samperio, 1:1 – 54 Xerrmann, 1:2 – 79 Klemens.
Borussiya M – Zommer, Korb, Shults, Yanchke, Vendt, Traore, Shtindl (Drmich, 81), Djaka, Xerrmann (Xrgota, 81), Azar (Daxud, 88), Raffael.
Maynts – Karius, Brosinski, Bungert, Bell, Pak Chju Xo, Baumgartlinger, Fray, Klemens (Balogun, 83), Malli (Lattsa, 64), Samperio, Muto (Gu Chja Chxol, 90).
Ogohlantirishlar: Fray (44), Vendt (78), Korb (90).
Xoffenxaym-1899 – Bavariya 1:2 (1:1, 0:1)
22 avgust, «Rayn-Nekkar-Arena»
Gollar: 1:0 – 1 Folland, 1:1 – 41 Myuller, 1:2 – 90 Levandovski.
Xoffenxaym-1899 – Baumann, Kaderjabek, Sher (Oks, 90), Zyule, Kim Chjin Su, Shvegler, Shmid (Rudy, 64), Polyanski, Tsuber, Kurani (Ut, 69), Folland.
Bavariya – Noyyer, Benatiya (Rafinya, 36), Boateng, Alaba, Xabi Alonso, Lam (Levandovski, 67), Vidal, Gettse, Robben (Alkantara, 59), Myuller, Duglas Kosta.
Ogohlantirishlar: Shvegler (63), Boateng (71), Myuller (75), Kim Chjin Su (77), Rafinya (83), Polyanski (89).
Chetlatish: Boateng (73).
Gamburg – Shtutgart 3:2 (1:2, 2:0)
22 avgust, «Imtex Arena»
Gollar: 0:1 – 23 Ginchek, 1:1 – 34 Ilichevich, 1:2 – 42 Ginchek, 2:2 – 84 Lasogga, 3:2 – 89 Djuru.
Gamburg – Adler, Dikmayyer, Djuru, Spaxich, Ostjolek, Ekdal, Yung, Gregorich (Myuller, 78), Xoltbi (Lasogga, 58), Ilichevich, Shipplok (Olich, 66).
Shtutgart – Tyton, Klyayn, Baumgartl, Gloushek, Insua, Kostich (Grueso, 76), Rupp (Shvaab, 56), Gentner, Didavi (Verner, 84), Xarnik, Ginchek.
Ogohlantirishlar: Gregorich (31), Rupp (33), Djuru (48), Klyayn (52), Kostich (68), Didavi (72), Yung (73).
Chetlatish: Klyayn (53).
Gannover 96 – Bayyer 0:1 (0:1, 0:0)
22 avgust, «AVD-Arena»
Gol: 0:1 – 18 Chalxanoglu.
Gannover 96 – Tsiler, Sakai, Marselo, Shults, Zorg, Shmidebax (Andreasen, 71), Sane, Karaman, Bensxop (Sobex, 67), Prib, Erdinch (Sent-Maksimen, 60).
Bayyer – Leno, Xilbert, Ta, Ramalo, Vendell, Kramer, Bender, Chalxanoglu (Papadopulos, 89), Mexmedi (Kruz, 75), Brandt (Belarabi, 62), Kissling.
Ayntraxt F – Augsburg 1:1 (0:1, 1:0)
22 avgust, «Kommertsbank-Arena»
Gollar: 0:1 – 23 Kayubi, 1:1 – 86 Russ.
Ayntraxt F – Gradetski, Xasebe (Ignovski, 68), Sambrano, Abraam, Ochipka, Aygner, Russ, Raynartts, Gerezgixer (Chendler, 46), Seferovich, Kastaynos (Valdshmidt, 74).
Augsburg – Xitts, Verxag, Xon Chjon Xo, Klavan, Stafilidis, Kor, Bayyer, Essvayn (Foylner, 76), Altyntop (Chji Don Von, 68), Verner (Melders, 90), Kayubi.
Ogohlantirishlar: Xasebe (20), Kor (53), Sambrano (89), Verxag (89), Foylner (90).
Shalke-04 – Darmshtadt 1:1 (0:1, 1:0)
22 avgust, «Feltins-Arena»
Gollar: 0:1 – 9 Raush, 1:1 – 47 Draksler.
Shalke-04 – Fermann, Kaysara, Matip, Noyshtedter, Aogo, Shupo-Moting, Xeger (Sane, 80), Gays, Draksler, Di Santo (Mayyer, 73), Xuntelar.
Darmshtadt – Mateniya, Garich, Sulu, Kaldirola, Xolland, Xeller, Nimayyer, Gondorf, Raush (Kempe, 87), Vranchich (Zayler, 50), Shtro-Engel (Vagner, 83).
Ogohlantirishlar: Zayler (52), Draksler (68), Vagner (90).
Keln – Volfsburg 1:1 (1:0, 0:1)
22 avgust, «ReynEnergiShtadion»
Gollar: 1:0 – 30 Tsoller, 1:1 – 83 Bendtner.
Keln – Xorn, Olkovski, Sorensen, Xaynts, Xektor, Risse, Lemann, Fogt, Bitenkur (Gerxardt, 68), Modest, Tsoller (Yoyich, 81).
Volfsburg – Kastels, Viyeyrinya, Naldo, Kloze, Rodriges, Xunt (Kalidjuri, 66), Luis Gustavo, Kruze (Arnold, 81), de Bryuyne, Perishich (Bendtner, 74), Dost.
Ogohlantirishlar: Lemann (72), Fogt (78), Kloze (88).
Gerta – Verder 1:1 (1:1, 0:0)
21 avgust, «Olimpiyashtadion»
Gollar: 1:0 – 6 Shtoker, 1:1 – 26 Udja.
Gerta – Kraft, Pekarik, Langkamp, Lustenberger, Plattenxardt, Shelbred, Xaraguti, Darida, Xegeler (Vayzer, 75), Shtoker (Bruks, 89), Kalu (Baumyoxann, 82).
Verder – Vidvald, Gebre Selassi, Lukimya, Vestergor, Garsiya, Bargfrede, Fritts, Yunuzovich (Galves, 90), Eggeshtayn (Bartels, 63), Udja, Yuxannsson (Oztunaly, 80).
Ogohlantirish: Fritts (60).