Sport | 11:31 / 24.08.2015
3474
1 daqiqa o‘qiladi

Chagayev 17 oktabr kuni Okendoga qarshi ringga chiqadi

WBAning og‘ir vaznli chempionlari — Ruslan Chagayev (O‘zbekiston,34-21, 21 nokaut) hamda Fres Okendo (Puerto-Riko, 37-8, 24 nokaut) o‘rtasidagi jang 2015 yil 17 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Jangning qayerda o‘tkazilishi hozircha noma'lum.

Chagayev-Okendo bahsi g‘olibi esa Lukas Braun (Avstraliya, 22-0, 19 nokaut) bilan uchrashuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yil iyul oyida Grozniy shahrida Chagayev Okandoni 115:113, 115:113, 114:114 ochkolari hisobiga mag‘lub etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish