Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning mallasoch insonlari Irlandiyadagi festivalga jam bo‘lishdi
Dunyoning turli mamlakatlarida yashovchi mallasoch insonlar Irlandiyaning Krosxeyven shahridagi an'anaviy festivalga tashrif buyurdi, deb yozadi The Independent. Irish Redhead Convention festivalida eng kamida 2 ming mehmon ishtirok etdi.

Krosxeyvendagi festival bu yil oltinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Unda mallasochli kishilar uchun turli mavzuli tabdirlar tashkil etildi. Masalan, san'at tarixida mallasochlilarning o‘rni, bir kvadrat dyum (2,54 sm)da joylashgan sepkillar soni bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Mazkur festival asoschilari aka-singil Denis va Jolin Kronin hisoblanadi. Yig‘ilgan mablag‘lar esa Irlandiya saratonga qarshi kurash jamiyatiga taqdim etiladi.
Nashrning qayd etishicha, dunyo aholisining 1-2 foizi mallasoch hisoblanadi. Britaniya oroli bu borada yetakchilik qilib, 13 foiz shotlandiyalik, 10 foiz irlandiyalik malla yoki qizg‘ish sochlari bilan ajralib turadi.