Iqtisodiyot | 12:04 / 24.08.2015
2975
1 daqiqa o‘qiladi

Eron neft qazib olishni ko‘paytirishga va'da berdi

Eron neft bozoridagi o‘z ulushini himoya qilish uchun har qanday usullar bilan neft qazib olishni ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron neft vaziri Bijan Nomdorga tayangan holda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

“Biz har qanday yo‘llar bilan bilan neft qazib olishni ko‘paytirib boramiz, bizda boshqa yo‘l yo‘q, - dedi u. – Neft qazib chiqarish hajmi ko‘paymasa, biz bozordagi ulushimizni yo‘qotib boramiz”.
Shuningdek, u rasmiy Tehron OPeK a'zolarining neft narxi tushib borayotganini muhokama qilishga chaqiriqlarini qabul qilishi hamda tashkilot yig‘ilishini o‘tkazish fikriga qo‘shilishini ma'lum qildi.
2012 yil iyulida Eronga qarshi sanksiyalar joriy qilinguniga qadar u OPeK davlatlari bo‘yicha neft qazib olishda ikkinchi o‘rinda turar edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish