Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviya armiyasi qo‘mondoni Turkiya va Qatarni radikallarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi
Liviya armiyasi bosh qo‘mondoni Xalifa Xaftar Turkiya, Sudan va Qatarni radikal kuchlarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi. Shuningdek u, Sputnik agentligining ma'lum qilishicha, IShID jangarilari qamal qilayotgan Sirt shahridagi vaziyatni o‘zgartirishga va'da berdi.
“Qurolli jangarilar Turkiya, Qatar va Sudandan yordam olmoqda. Sirtdagi vaziyat yaqinda Liviya armiyasi foydasiga o‘zgaradi”, - dedi Xaftar Ommonda o‘tkazilgan matbuot anjumani chog‘ida.
Qo‘mondon Iordaniya poytaxtiga kelib, harbiy-texnik hamkorlik borasida shartnoma imzoladi. U o‘z chiqishida Liviya butun dunyo nomidan terrorchilikka kurashayotganini ma'lum qildi.
O‘tgan hafta o‘tkazilgan Arab davlatlari ligasi navbatdan tashqari majlisida ishtirokchilar Liviyaga harbiy yordam ko‘rsatishning yagona strategiyasi ishlab chiqildi.