Jamiyat | 18:59 / 24.08.2015
3234
1 daqiqa o‘qiladi

Nepalda namoyishchilar bilan to‘qnashuvlarda 8 politsiyachi halok bo‘ldi

Nepalning g‘arbida avj olgan namoyishlar chog‘ida 8 politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar bermoqda.

Namoyishchilar yangi konstitutsiya loyihasiga qarshi chiqmoqda. Ular orasida qancha odam halok bo‘lgani xabar qilinmayapti.
Tartibsizliklar tufayli Kaylali viloyatida favqulodda holat joriy qilingan. Shunga qaramay, Tikapur shahrida toshlar, pichoqlar va tayoqlar bilan qurollangan bir necha ming namoyishchi politsiya kuchlariga hujum qilgan.

Nepal g‘arbida istiqomat qiluvchi txaru etnosi faollari Kaylalida alohida federativ shtat tuzishni yoqlab chiqmoqda. Mamlakatning yangi konstitutsiyasida ishlayotgan ta'sis kengashi namoyishchilarning talablarini qisman bajardi. Ammo ular konstitutsiya loyihasida shtatlar orasida belgilangan chegaralardan hanuzgacha norozi.